1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

“Real” Mbappening o'yinidan rozi

Mutaxassislarning aytishicha, Kilian imkoniyat darajasidan 60 foizga yaqinini ishlatmoqda.

“Real” Mbappening o'yinidan rozi

 

“Real” mavsumlar oralig‘ida jamoaga kelib qo‘shilgan fransiyalik to‘purar Kilian Mbappening o‘yinlariga yuqori baho berdi. Fransiyalik hujumchi italiyalik bosh murabbiy Karlo Anchelotti qo‘l ostida jami 11 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini yetti marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga bitta golli pas uzatdi.

 

Madridliklarga yulduz darajasidagi o‘yinchining kamtarligi va yangi muhitga juda tez moslasha olish qobiliyati ham ma’qul kelgani aytilmoqda.

 

Shunga qaramay, “Real” xo‘jayinlari Kilian Mbappe bor imkoniyatini ishga solishiga yana vaqt kerakligini ta’kidlamoqda. Mutaxassislarning aytishicha, Kilian imkoniyat darajasidan 60 foizga yaqinini ishlatmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика