1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Real Sanjik” qaysi moddalar bo‘yicha ayblanayotgani ochiqlandi

Oliy sud blogerning hibsga olinishi bo‘yicha maʼlumot berdi.

“Real Sanjik” qaysi moddalar bo‘yicha ayblanayotgani ochiqlandi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqda “Real Sanjik” nomi bilan tanilgan bloger Sanjar Karimov hibsga olingani haqida xabar berilgandi. Oliy Sud matbuot kotibi Aziz Abidov u qaysi moddalar bo‘yicha ayblanayotganini ochiqladi.

 

Qayd etilishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida Toshkent shahar prokurori birinchi o‘rinbosarining Jinoyat kodeksining 112-moddasi 1-qismi va 25,273-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanuvchi va Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasi tartibida ushlangan S. K. ga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomasi taqdim etilgan hujjatlar bilan ko‘rib chiqilgan.

 

Sudning 2025 yil 28 noyabrdagi ajrimi bilan Toshkent shahar prokurori birinchi o‘rinbosarining iltimosnomasi qanoatlantirilib, ayblanuvchi S. K.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, qamoqqa olinishi va tergov hibsxonasiga joylashtirilishi belgilangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика