1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Rejep Tayyip Erdog‘an Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Turkiya rahbari O‘zbekiston xalqiga taraqqiyot va ravnaq tilagan.

Rejep Tayyip Erdog‘an Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

 

 

24 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

 

Turkiya yetakchisi O‘zbekiston rahbarini tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam sog‘lik, farovonlik va katta zafarlar, shuningdek, birodar O‘zbekiston xalqiga taraqqiyot va ravnaq tiladi.

 

Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va izchil rivojlanishni ta’minlash borasidagi qat’iy sa’y-harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi.

 

Ikki tomonlama hamkorlik va global siyosatning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Oliy darajada erishilgan, shu jumladan o‘zaro savdo hajmini oshirish, energetika, qishloq xo‘jaligi, qurilish sohalarida, turizm infratuzilmasini modernizasiya qilish bo‘yicha investisiya loyihalarini jadallashtirish hamda gumanitar almashinuvni faollashtirish borasidagi kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

 

Mintaqadagi vaziyatning rivojlanishi yuzasidan fikr almashildi. O‘zbekiston, Turkiya va Ozarbayjonning tashqi ishlar, savdo va transport vazirlari darajasida ko‘p tomonlama maslahatlashuvlarni yo‘lga qo‘yish tashabbusining amaliy ahamiyati qayd etildi. Joriy yil noyabr oyida Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining sammitini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика