1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Reklama qonunchiligini buzgan uchta telekanalga chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarmoqda telekanallarda reklama ko‘pligi jamoatchilikning eʼtirozlariga sabab bo‘lmoqda.

Reklama qonunchiligini buzgan uchta telekanalga chora ko‘rildi

Olib borilgan tahlillar davomida 3 ta telekanalda, jumladan “FTV”, “Muloqot”  va “Amudaryo” telekanallari tomonidan joriy yilning aprel-iyul oylarida joylashtirilgan reklamalar hajmi qonunchilik bilan belgilangan meʼyorlardan ortiqligi holatlari aniqlandi.

 

Yuqoridagilarga asosan, Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilish alomatlari yuzasidan bir necha telekanallariga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. 

 

Maʼlumot o‘rnida.  “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuning 27-moddasiga muvofiq, telekanallar efirida tarqatilayotgan reklamaning (shu jumladan teledo‘kon reklamasi kabi reklamaning) umumiy davomiyligi ko‘rsatuv vaqtining bir soati davomida yigirma foizdan, biroq bir sutkada ko‘rsatuv vaqtining o‘n besh foizidan oshishi mumkin emasligi belgilangan.

 

Shuningdek, yuqoridagi holatlar yuzasidan boshqa telekanallar faoliyati bo‘yicha ham o‘rganishlar olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика