“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford o‘zini tarbiyalagan klubni tark etadigan bo‘lsa, faqatgina bir jamoaga o‘tishini ta’kidladi.
Xabarlarga ko‘ra, angliyalik forvard faoliyatini davom ettirish uchun “Barselona”ni tanladi. Ayni paytda Reshfordga “Yuventus” va "PSJ" kabi qudratli klublardan jiddiy qiziqish bo‘lmoqda. Biroq tajribali to‘purar Italiyaga ham, Fransiyaga ham bormoqchi emas.
Transfer mutaxassislari Markus joriy mavsum yakunlanishi bilan “Barselona”ga ko‘chib o‘tishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Aslida Reshfordning manchesterliklar bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga tuzilgan. Lekin keyingi paytlarda hujumchining klubdan ketishi tez-tez tilga olinmoqda.


