1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Respublika bo‘ylab arzonlashtirilgan yarmarkalar ish boshladi

Bozorchalar 20-avgustdan 5-sentabrga qadar har kuni ish vaqti chegarasida faoliyat olib boradi.

Respublika bo‘ylab arzonlashtirilgan yarmarkalar ish boshladi

 

Mustaqillik bayrami arafasida O‘zbekistonning barcha shahar va viloyat markazlarida oziq-ovqat mahsulotlari arzonlashtirilgan bozorchalar tashkil qilindi.

 

Respublikaning barcha shahar va viloyat markazlarida Mustaqillik bayrami arafasida oziq-ovqat mahsulotlari arzonlashtirilgan bayram yarmarkalari ish boshladi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Mamlakatdagi dehqon bozorlari hamda aholi zich istiqomat qiladigan mahallalarda tashkil etilgan yarmarkalar 2022-yilning 20- avgustidan 5-sentabriga qadar har kuni bozorlarning ish vaqti chegarasida, yaʼni soat 08:00 dan 20:00 gacha ishlaydi.

 

Qayd etilishicha, Toshkent shahridagi asosiy 11 ta Farhod, Askiya, Sergeli, Eski Juva, Aviasozlar, Qo‘yliq, Yunusobod, Mirobod, Qoraqamish, Navro‘z va Chilonzor dehqon bozorlarida meva-sabzavot, poliz, dukkakli, guruch, go‘sht va sut mahsulotlari, tuxum, o‘simlik yog‘i, shakar va turli ichimliklar savdosi tashkil etilgan.

 

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda maxsus oziq-ovqat yarmarkalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sotilishini kunlik monitoring qilmoqda, ularning narx-navosi hamda bozorlarning mahsulotlar bilan taʼminlanganlik darajasini kuzatib bormoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика