1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Respublika qishki sport maktabi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Bu bo‘yicha Hukumatning tegishli Qarori qabul qilindi.

Respublika qishki sport maktabi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

 

Qaror bilan qishki sport maktabining asosiy vazifalari belgilandi.

 

Qishki sport turlari bo‘yicha o‘quv-mashq yig‘inlari, respublika va mintaqaviy sport musobaqalarini tashkil etish, xorijiy mamlakatlarning qishki sport turlari bo‘yicha maktablari, klublari va markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish shular jumlasidandir.

 

Respublika qishki sport maktabi 2024/2025 o‘quv yilidan o‘z faoliyatini boshlaydi hamda maktabdan tashqari sport-taʼlim muassasasi hisoblanadi.

 

Maktabni tashkil etish va sport inshootlarini qurishda qishki sport turlari (figurali uchish, konkida uchish, short-trek, hokkey) bilan o‘quvchilarning doimiy mashg‘ulot o‘tkazishlari uchun zamonaviy yopiq muz saroyi va ochiq sport maydoni hamda maxsus trenajyor zaliga ega bo‘lishi lozim.

 

Maʼlumot uchun: Qishki sport turlari bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan sport maktabi Prezidentning 2022 yil 1 iyuldagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика