1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Ta'lim

Respublikada taʼlim darajasi eng yomon hudud maʼlum bo‘ldi

Bu yilgi test sinovlarida 51,2 foiz abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmagan.

Respublikada taʼlim darajasi eng yomon hudud maʼlum bo‘ldi

 

DTMning mandat.dtm.uz saytidagi ochiq maʼlumotlarga ko‘ra, joriy yilda 1 mln 73 ming 821 nafar abituriyent testga kirgan.

 

Ularning 550 ming nafari (51,2%) o‘tish ballining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 balni ham to‘play olmagan.  

 

O‘tgan yilgi holat bilan solishtirganda ahvolimiz yana-da og‘irlashgan. O‘tgan yili 36 foiz abituriyentlar 56,7 ball ham to‘play olmagandi, joriy yilda bu ko‘rsatkich 51,2 ni tashkil etdi.

 

2022 yilda eng yomon ko‘rsatkich, xuddi o‘tgan yilda bo‘lganidek Toshkent viloyatida (55,9%), nisbatan yaxshiroq natija esa xuddi o‘tgan yildagidek Toshkent shahrida (45,2%) qayd etilgan.

 

9 ta hududda abituriyentlarning 50 foizdan ko‘prog‘i 56,7 balldan past ball olishgan. Faqat 5 tagina hududda bu ko‘rsatkich 50 foizdan kamroqni tashkil qilgan: Toshkent shahri, Buxoro, Farg‘ona, Xorazm va Samarqand viloyatlari.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика