1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Respublikaning qator hududlarida “uchastkovoy”, Milliy gvardiya va IIB xodimlari pora bilan ushlandi

Xususan, Navoiy viloyatida "oltin izlovchilar"ga “homiylik” qilmoqchi bo‘lgan profilaktika inspektori, Andijonda Milliy gvardiyaga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan tizim xodimi va boshqa bir qator shaxslar qo‘lga olindi.

Respublikaning qator hududlarida “uchastkovoy”, Milliy gvardiya va IIB xodimlari pora bilan ushlandi

 

DXX respublikaning qator hududlarida o‘zgalarning pul mablag‘larini o‘zlashtirishga urinish holatlariga chek qo‘ydi.

 

Jumladan, Navoiy viloyati Tomdi tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori davlat zaxirasiga olingan hududda tarkibida oltin bo‘lgan ruda qazib olish uchun sharoit yaratib, huquq-tartibot idoralari tomonidan bo‘ladigan reyd tadbirlaridan ogohlantirib turish evaziga mahalliy fuqarodan 30 ming AQSH dollari talab qilib, 15 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

 

Shuningdek, Buxoro viloyati Kogon tumani ichki ishlar bo‘limi xodimi fuqaroga nisbatan ichki ishlar organlariga kelib tushgan arizani o‘zining vakolatli hamkasblari orqali uning foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga 1300 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

 

Namangan viloyatida kuzatilgan holatda esa Davlatobod tumani davlat soliq inspeksiyasi bosh inspektori masʼuliyati cheklangan jamiyatning moliyaviy faoliyati yuzasidan o‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvi natijasida MCHJga 383 mln. so‘mlik foyda solig‘i qo‘shimcha hisoblanganligi va ushbu pul mablag‘i MCHJ tomonidan to‘lanishi kerakligini aytadi.

 

Lekin, u soliq hisobotlariga o‘zgartirishlar kiritish orqali ushbu summani bartaraf etib berish evaziga MCHJ vakilidan 3 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

 

Bundan tashqari, Milliy gvardiyaning Andijon viloyati qo‘riqlash boshqarmasi Andijon tuman bo‘limi safdor xodimi yuqori lavozimda ishlovchi hamkasblari orqali fuqaroni Milliy gvardiya tizimiga harbiy xizmatchi sifatida ishga kiritib qo‘yish evaziga 5 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

 

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика