1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

RFda Oʼzbekiston fuqarosi Ukraina foydasiga josuslik qilishda ayblanmoqda

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Oʼzbekiston fuqarosini qoʼlga oldi. U Ukraina maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda ayblanmoqda.

RFda Oʼzbekiston fuqarosi Ukraina foydasiga josuslik qilishda ayblanmoqda

 

 

Maʼlum qilinishicha, Rossiya FXX Bryansk viloyati boʼyicha chegara boshqarmasi xodimlari Ukraina bilan davlat chegarasini noqonuniy kesib oʼtgan 1981-yilda tugʼilgan Oʼzbekiston fuqarosini giyohvandlikdan mastlik alomatlari bilan qoʼlga olgan. Tintuv oʼtkazilganda undan foto, video va audiofiksatsiya qilish uchun maxsus texnik vositalar, shuningdek, katta ehtimol bilan kukun koʼrinishida giyohvand modda topilgan. 

 

Dastlabki maʼlumotlarga koʼra, ushbu shaxs 2019-yildan beri Ukraina huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qilib kelayotgani aniqlangan. U Rossiyaga noqonuniy migrant koʼrinishida kirishga harakat qilgan. Xususan, jinoiy doiralar vakillari bilan bogʼlanib, 27 ming griven pul mukofoti evaziga unga Rossiya hududiga noqonuniy oʼtishda yordam berishni soʼragan.

 

 Hozirda holat boʼyicha jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Oʼz navbatida, Ukraina xavfsizlik xizmati ham chegara buzgan shaxsni qaytarishni soʼragan.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика