1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rim papasi bugun Qozog‘istonga keladi

Fransisk prezident Toqayev bilan uchrashadi.

Rim papasi bugun Qozog‘istonga keladi

 

Rim papasi Fransisk bugun, 13-sentabr kuni uch kunlik safar bilan Qozog‘istonga keladi.

 

Shifokorlar yaqin orada uni sayohat qilmaslik haqida ogohlantirganiga qaramay, u safarini bekor qilmadi. Rim papasining samolyoti Nur-Sultonga mahalliy vaqt bilan soat 18:00 da qo'nishi kutilmoqda va kortej prezident saroyiga boradi.

 

Fransisk rasmiylar va diplomatik korpus oldida birinchi nutqini so'zlaydi. Shundan so'ng u prezident Qosim-Jomart Toqayev bilan uchrashishi kutilmoqda.

 

Rim papasi14-15-sentabr kunlari poytaxt Nur-Sultonda bo‘lib o‘tadigan dinlararo sammitda ishtirok etadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика