1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Robaxon Maxmudovaning nomzodi O‘zbekiston prezidentligiga tasdiqlandi

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan nomzod o‘z saylovoldi dasturini taqdim etdi.

Robaxon Maxmudovaning nomzodi O‘zbekiston prezidentligiga tasdiqlandi

O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasining 29-may kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari qurultoyida O‘zbekiston prezidentligiga “Adolat” sosial-demokratik partiyasidan nomzod ko‘rsatish to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi. Bu haqda partiya axborot xizmati xabar berdi.

 

Qurultoyda delegatlar O‘zbekiston prezidentligiga Maxmudova Robaxon Anvarovnaning nomzodini qo‘llab-quvvvatladi. Xususan, O‘zbekiston prezidentligiga “Adolat” sosial-demokratik partiyasining nomzodi Robaxon Maxmudova o‘z saylovoldi dasturining maqsad va vazifalari, ustuvor yo‘nalishlarini qurultoy qatnashchilari e’tiboriga havola etdi.

 

Xususan, nomzod o‘z saylovoldi dasturida O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida huquqiy demokratik, ijtimoiy davlat va barcha uchun farovonlik taʼminlangan adolatli fuqarolik jamiyati qurishning sotsial-demokratik modelini taklif etdi. Shuningdek, nomzodning dasturida inson, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari davlat va jamiyatning eng yuksak qadriyatlari ekanligi tan olinib, jamiyat va davlat hayotining barcha jabhalarida har bir insonning farovon hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ijtimoiy adolat va qonun ustuvorligini taʼminlash, O‘zbekistonning erkinlik, imkoniyatlar tengligi, adolatlilik, birdamlik, ijtimoiy himoya va masʼuliyat tamoyillari hukmronlik qiladigan, insonlarning keskin tabaqalanishiga yo‘l qo‘yilmaydigan kuchli ijtimoiy davlat sifatida, aholining yuqori turmush darajasiga ega rivojlangan davlatlar qatoriga qo‘shilishiga erishish kabi vazifa va maqsadlarga alohida eʼtibor qaratilgani ma‘lum qilindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика