1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Ronaldu va Benzema ikki yil ichida ilk bor uchrashadi

Bugun Saudiya Arabistonida bizni kuchli jang kutmoqda.

Ronaldu va Benzema ikki yil ichida ilk bor uchrashadi

 

“Al-Ittihod” – “Al-Nasr” uchrashuvi Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumida eng kutilgan uchrashuvlardan biri hisoblanadi. Ushbu o'yinda liganing ikki yulduzlari - Karim Benzema va Krishtianu Ronaldu ishtirok etadi. Mavsum boshlanishidan oldin ularning jamoalari chempionlikka davogarlar deb atalardi. Lekin hozircha chempionat butunlay boshqacha shakllanmoqda.

 

“Al Ittihod” Saudiya Arabistonining amaldagi chempioni hisoblanadi. Va yozda, yulduzlarning katta oqimi to'lqinida, klub bir nechta eng yaxshi o'yinchilarni sotib oldi. Asosiy xarid - Karim Benzema. Fabinyo, N'Golo Kante, Luis Felipe va Jota ham "Al-Ittihod"ga yetib kelishdi. Klub hech bo'lmaganda chempionlik uchun kurashishga umid qilgandi. Avvaliga hammasi yaxshi ketayotgandi: yetti turda oltita g‘alaba, OChLda yaxshi start. Ammo keyin "Al-Ittihod" qulab tushdi: chempionatning yettita uchrashuvida faqat bitta g'alaba qozonildi.

 

Bosh murabbiy Nuno Espirito Santa ishdan bo'shatildi, OAV mutaxassis va Benzema o'rtasida mojaro haqida xabar berdi. Aytilishicha, Nuno Karimni ishdan bo'shatilishidan biroz oldin dangasalikda ayblagan. Voqea Osiyo chempionlar ligasining 4-turidan o'rin olgan “Al-Quva”ga (0:2) qarshi o'yindagi tanaffus vaqtida yuz berdi. Murabbiy kiyinish xonasida Benzemaga tanbeh bergan. Ushbu suhbatdan bir kun o'tgach, Espirito Santo ishdan bo'shatildi. Uning o'rniga "River Pleyt" bilan ikki marta Libertadores kubogini qo'lga kiritgan argentinalik Marselo Gallardo keldi.

 

Murabbiy almashinuvi hozircha “Al-Ittihod”ga yordam bermadi. Chempionatda jamoa uchta uchrashuvda ikki marta mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining ikkinchi bosqichida Misrning “Al-Ahli” jamoasiga imkoniyatni boy berdi. “Al-Ittihod” OChLda pley-offga va Qirol kubogida chorak finalga chiqdi. Ammo chempionatda jamoa peshqadam “Al-Hilol”dan 22 ochkoga ortda qolib, oltinchi o‘rinda bormoqda. Nunoning fransiyalik forvard haqida aytgan gaplari esa haqiqat bo'lib chiqdi. Biroq, 100% holatda bo'lmasa ham, Benzema nihoyatda xavfli. U barcha musobaqalarda 19 ta uchrashuvda 12 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

O'tgan mavsumda "Al-Nasr" (Ronaldu bilan birga) chempionatda ikkinchi o'rinni egalladi. Yozda klub bir guruh ajoyib yulduzlar bilan shartnoma imzoladi: bular Sadio Mane, Aymerik Laport, Marselo Brozovich, Seko Fofana, Aleks Telles va Otavio. Ronaldu esa ular bilan Yaqin Sharq va butun Osiyoni zabt etishga yo'l oldi.

 

Mavsum chempionatdagi ikkita mag'lubiyat bilan boshlandi, ammo keyin "Al-Nasr" g'alaba qozonish yo'liga o'tdi. Jamoa Osiyo chempionlar ligasida guruh bosqichidan o‘tdi shuningdek, mamlakat kubogi yarim finaliga yo‘l oldi. Biroq chempionatdagi eng muhim o‘yinda peshqadam “Al-Hilol”ga imkoniyatni boy berib qo'ydi (0:3). Ayni damda birinchi o'rindagi jamoa bilan farq 10 ochkoni tashkil qiladi. Ronaldu jamoasiga chempionlikni qo'lga kiritish uchun qolgan o'yinlarni muvaffaqiyatli ishtirok etish talab qilinadi.

 

Ronaldu Saudiya Arabistoniga kelganida, afsonaviy futbolchining faoliyati asta-sekin pasayishi kutilgandi. Yoshni hisobga olgan holda bu mantiqan to'g'ri. Lekin Krishtianu misolida emas. Axir, u ajoyib yilni o'tkazdi. Ronaldu 2023-yilda (25-dekabr holatiga ko‘ra) dunyoda eng ko‘p gol urgan ikkinchi futbolchi bo'lib turibdi. Uning barcha musobaqalarda urgan gollari soni 51 tani tashkil etadi. U bu muvaffaqiyatga erishgan tarixdagi yagona futbolchi hisoblanadi.

 

Umuman olganda, Krishtianu joriy mavsumda 23 ta o‘yinda 21 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Dahshatli raqamlar. Shu sababdan ham bugungi bahs ajoyib kurashlarga boy bo'ladi degan umiddamiz.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика