Rossiya Kanadaning sanksiyalariga javoban Ukrainadagi kuchlarni qo‘llab-quvvatlovchi tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, yuqori martabali harbiy amaldorlar uchun Rossiyaga kirishni doimiy ravishda yopdi.
Rossiyaga kirishi cheklanganlar orasida Kanada mudofaa vazirining sakkiz nafar o‘rinbosari va Kanada Milliy mudofaa shtabi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari ham bor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kanada Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainaga bostirib kirishi munosabati bilan yangi sanksiyalar kiritgan edi. Boshqalar qatorida Rossiya rahbarining amaldagi rafiqasi hisoblangan Alina Kabayeva ham “qora ro‘yxat”ga kiritilgan.


