1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiya 9-may kuni Ukrainadagi operatsiyaga nuqta qo'ymoqchi emas

Harbiy operatsiyani G‘alaba kunida yakunlash muddati sun’iy ravishda o‘zgartirilmaydi — Lavrov.

Rossiya 9-may kuni Ukrainadagi operatsiyaga nuqta qo'ymoqchi emas

 

Rossiya Ukrainadagi harbiy maxsus operatsiyani 9-may G‘alaba kunigacha yakunlash muddatini sun’iy ravishda o‘zgartirmaydi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.

 


Harbiylarimiz oʻz harakatlarini sunʼiy ravishda hech qanday sanaga, jumladan Gʻalaba kuniga moslashtirmaydi. Biz Ukrainadagi harakatlarimizni faqat Rossiya prezidenti Vladimir Putin e'lon qilgan vazifalarga qaratamiz. Bu tinch aholini himoya qilish va xavfsizligini ta'minlash, Ukraina hududida ular va Rossiya uchun hech qanday tahdid yo'qligi,— deya qo'shimcha qildi Lavrov.


Uning aytishicha, Rossiya tomoni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiydan taslim bo‘lishni talab qilmayapti, u Zelenskiydan Ukraina “neonatsist batalyonlari”ga qarshilik ko‘rsatishni to‘xtatish va barcha tinch aholini ozod qilish haqida buyruq berishni talab qilmoqda.
Rossiya TIV rahbari, shuningdek, Rossiya Ukrainadagi hokimiyatni o‘zgartirishga urinmayapti, deb ishontirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика