1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiya 9-maydagi ehtimoliy hujumga keskin javob berishi mumkin

Agar Moskva nishonga olinsa, Rossiya Kiyevga “Oreshnik” quroli bilan javob berishi mumkin.

Rossiya 9-maydagi ehtimoliy hujumga keskin javob berishi mumkin

 

Rossiya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, agar Ukraina 9-may kuni Moskvadagi G‘alaba paradiga hujum uyushtirsa, Rossiya tomoni Kiyevga qarshi “Oreshnik” nomli qurol tizimi yordamida zarba berishni ko‘rib chiqmoqda.

 

Xabarlarda aytilishicha, Ukraina tomonidan faqat dron hujumlari emas, balki "jiddiyroq provokatsiyalar" ham tayyorlanayotgani haqida iddaolar mavjud.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, prezident Vladimir Putin Rossiya Mudofaa vazirligiga javob zarbalari uchun aniq nishonlarni aniqlashni topshirgan. Bosh nishon sifatida Kiyev ko‘rsatilgan.

 

Moskvaning ehtimoliy javobi “nihoyatda kuchli” bo‘lishi aytilmoqda. “Oreshnik” tizimidan foydalanish ehtimoli ham muhokamada. Shuningdek, rossiya ommmavit axborot vositalari Ukraina 8—10 may kunlariga taklif etilgan uch kunlik o‘t ochishni to‘xtatish tashabbusini rad etishi mumkinligiga ishonmoqda.

 

Ukraina rasmiylari avvalroq Moskvadagi paradga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum qilish rejalashtirilmayotganini bildirgan bo‘lsada, Rossiyaning boshqa hududlariga hujum ehtimolini istisno etmagan. Prezident Vladimir Zelenskiy va ofis rahbari Andriy Yermak G‘alaba paradiga zarba berilishi mumkinligi haqidagi taxminlarga bevosita izoh bermagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика