Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Buyuk Britaniyaning Moskva va Yekaterinburgdagi diplomatik vakolatxonalari oddiy xodimlaridan “120 kilometrlik erkin harakatlanish zonasidan tashqarida” chiqib ketishlari haqida besh ish kuni oldin xabardor qilishni talab qildi.
Tashqi ishlar vazirligi Rossiyadagi vaqtinchalik ishlar vakili Tom Doddni xabardor qildi, deyiladi vazirlik bayonotida. Rossiya diplomatlari Doddga "Kiyev rejimining terroristik harakatlarini qo'llab-quvvatlash qabul qilib bo'lmaydigan" ekanligini aytgan (bu nima haqida ekanligi aniq emas —tahrir).
Xabarnomalarda sayohat vaqti, maqsadi, turi va marshruti, mo'ljallangan ish aloqalari, hamrohlik qiluvchi shaxslar, transport turi, tashrif joylari va turar joy kabi ma'lumotlar bo'lishi kerak.
Xabar berish tartibi diplomatik vakolatxonalarning yuqori martabali xodimlari — Moskvada elchi, vazir-maslahatchi va konsullik bo'limi boshlig'i hamda Yekaterinburgda bosh konsul uchun taalluqli emas.


