Rossiya, Xitoy va Eron Hind okeanida qo‘shma dengiz mashqlari o‘tkazadi.
Bu haqda Reuters Eronning ISNA agentligiga tayanib xabar berdi.
"Dengiz xavfsizlik kamari-2022" mashg‘ulotlari ertaga boshlanadi va Hind okeanining shimolida o‘tkaziladi. Bu uch davlat flotlarining uchinchi qo‘shma mashg‘ulotlaridir.
Mashg‘ulotlarga qancha harbiy va qanday kema va texnika jalb etilishi hozircha aniqlanmagan.
Maʼlumot uchun: rossiyalik harbiylar Belorus bilan qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazishi xabar qilingandi. Belarus va Rossiya fevral oyida “Alliyed Resolve-2022” qo‘shma mashg‘ulotlarini o‘tkazadi, qo‘shinlar allaqachon joylashtirilmoqda.
Avvalroq AQSH Shimoliy Koreya bilan mavjud muammoni muhokama qilishga tayyor ekani xabar qilingan edi.


