1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

Rossiya G‘arb sanksiyalariga tushgan neftini  to‘liq boshqa bozorlarga yo‘naltirganini eʼlon qildi

Qayd etilishicha, o‘tgan yili birgina Hindistonga eksport 22 barobarga o‘sgan.

Rossiya G‘arb sanksiyalariga tushgan neftini  to‘liq boshqa bozorlarga yo‘naltirganini eʼlon qildi

 

Rossiya G‘arbda embargoga tushgan barcha neftini boshqa bozorlarga yo‘naltira oldi. Bu haqda RF energetika vaziri Nikolay Shulginov maʼlum qildi.

 

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, sotuvlarda pasayish kuzatilmagan. birgina Hindistonga “qora oltin” yetkazib berish 2022 yilda 22 baravarga oshgan.

 

O‘tgan yili oxirida va ushbu yil fevralida Rossiya neft va neft mahsulotlariga nisbatan “katta yettilik”, YEI va Avstraliya tomonidan embargo joriy etildi. Shuningdek, RF neftiga chegara narx belgilandi. Bunga javoban Moskva ushbu davlatlarga “qora oltin” sotishni kamaytirgan.

 

Hozirgi kunda rus neftining asosiy xaridori Xitoy va Hindiston bo‘lib turibdi. Eksport hajmi kamaymagan bo‘lsa-da, ammo Kremlning undan olayotgan daromadi pasaytgan. The Wall Street Journal maʼlumotlariga ko‘ra, pasayish ikki barobarni tashkil etmoqda.

 

 

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика