1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Rossiya gazining Yevroittifoqdagi ulushi yana oshmoqda

Bu borada mamlakat uchinchi o‘rinda turibdi.

Rossiya gazining Yevroittifoqdagi ulushi yana oshmoqda

Bloomberg agentligining Yevrokomissiya maʼlumotlariga asoslanib xabar berishicha, Rossiyaning gaz eksporti ulushi Yevropa ittifoqi importlari tarkibida yana o‘sishni boshladi. Bu ko‘rsatkich Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushi boshlanganidan keyin keskin pasaygan edi.

 

2022 yilning birinchi choragida Rossiyadan kelgan gazning Yevroittifoqdagi ulushi 34 foizni tashkil etgan (ikkinchi o‘rinda 25 foiz bilan Norvegiya bo‘lgan). Ammo 2023 yilning ikkinchi choragiga kelib, Rossiya gazining ulushi 14 foizga tushgan. Yevrokomissiya maʼlumotlariga ko‘ra, shu paytdan boshlab import yana o‘sishni boshladi.

 

2024 yilning birinchi choragida Rossiya gazi Yevropa ittifoqining umumiy gaz importining 19 foizini tashkil etdi. Rossiya gaz yetkazib berish bo‘yicha Norvegiya (34%) va AQSH (20%)dan keyingi o‘rinda turibdi, ammo Jazoir (13%) va Ozarbayjon, Qatar, Buyuk Britaniya hamda boshqa mamlakatlardan birgalikda yetkazib berilayotgan gazni (14%) ortda qoldirdi.

 

Bruegel tahlil markazi maʼlumotlariga ko‘ra, Yevropa ittifoqining gaz importi qiymati 2022 yil boshlarida eng yuqori nuqtaga yetgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика