Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Havo-kosmik kuchlarining asosiy vazifalaridan biri zamonaviy havo hujumidan himoya tizimlarini ko‘paytirishdir.
Shoygu 2023 yilda Rossiya harbiylari maxsus zenit raketa brigadasi, S-350 tizimi yana-da zamonaviylashgan zenit-raketa polki va harbiy-transport polki tuzishi hamda Moskva shahrining havo hujumidan himoya tizimlarini modernizatsiyalashni yakunlashini eʼlon qildi.
Ammo Urushni o‘rganish instituti Rossiya harbiylari bu vazifalarni bir necha yilda ham yakunlamasligini aytmoqda.


