Rossiya armiyasi “maxsus operatsiya”ning ikkinchi bosqichida Donbass ustidan to‘liq nazorat o‘rnatmoqchi. Bu haqda RF markaziy harbiy okrugi qo‘mondoni o‘rinbosari general-mayor Rustam Minnekayev maʼlum qildi.
“Maxsus operatsiyaning ikkinchi fazasi boshlandi, armiyaning maqsadlaridan biri – Donbass va Janubiy Ukraina ustidan to‘liq nazoratni o‘rnatish”, – degan u.
Minnekayevning qo‘shimcha qilishicha, Donbassning to‘la egallanishi Qrim bilan quruqlik orqali bog‘lanish imkoniyatini beradi. Janubiy Ukrainani nazoratga olishdan maqsad esa “Dnestrbo‘yiga chiqish”.
Maʼlumot o‘rnida: Dnestrbo‘yi de-yure Moldova hududi hisoblanadi.
Avvalroq Ukraina mudofaa vaziri BMT va YEXHTni boshqa xalqaro institutlarga almashtirishni taklif qilgandi.


