1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiya muhojirlar uchun yangi qoidalarni taklif qilmoqda

Duma migrantlar uchun nazorat tizimini kengaytiruvchi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda.

Rossiya muhojirlar uchun yangi qoidalarni taklif qilmoqda

 

Rossiya hukumati mamlakatdagi migrantlar farzandlariga oid ma’lumotlar almashinuvi va nazorat mexanizmini kuchaytirishga qaratilgan yangi qonun loyihasini Davlat Dumasiga taqdim etdi.

 

Hujjatga ko‘ra, Rossiya Ichki ishlar vazirligi (IIV) hamda hududiy ta’lim boshqarmalari o‘rtasida migrant bolalar haqidagi ma’lumotlar uzatish tizimi joriy qilinadi. Qonun loyihasi “Rossiya Federatsiyasidagi xorijiy fuqarolarning huquqiy maqomi to‘g‘risida”gi federal qonunga tegishli o‘zgartishlarni o‘z ichiga oladi.

 

Loyihada quyidagilar nazarda tutilmoqda:

  • Migrantlarning farzandlari rus tilini bilish darajasi bo‘yicha topshirgan test natijalari, o‘qishga qabul qilinishi yoki o‘qishdan chiqarilishi haqida ma’lumotlar Ichki ishlar vazirligiga yuboriladi.
  • IIV esa o‘z navbatida ularning yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi yoki ro‘yxatdan chiqarilishi haqida ma’lumotlarni ta’lim idoralariga yetkazadi.
  • Shuningdek, chet ellik fuqarolarning farzandlarini bog‘chaga qabul qilishda ulardan bolada atrofdagilar uchun xavf tug‘diruvchi yuqumli kasallik yo‘qligi haqida tibbiy hujjat talab qilinadi.

 

Mutasaddilar ushbu mexanizm bolalarning ijtimoiy muhitga integratsiyasini nazorat qilish va sog‘liqni saqlash talablariga qat’iy rioya etish maqsadida ishlab chiqilganini ta’kidlashmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика