1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiya neft va gaziga cheklovlar bo‘lmaydi — Viktor Orban

Vengriya bosh vaziri bu qarorni foydali deb atagan.

Rossiya neft va gaziga cheklovlar bo‘lmaydi — Viktor Orban

 

YEI Rossiya neft va gaziga qarshi sanksiya joriy etmaydi. Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban maʼlum qildi.

 

“Biz eng muhim masalani o‘z fofdamizga hal qildik: neft-gaz tarmog‘iga qarshi qaratilgan saksiyalar bo‘lmaydi. Yaʼni Vengriyaning energetik taʼminoti kelajakda ham davom etadi”, – degan u Versaldagi YEI rahbarlari sammitidan keyin.

 

Maʼlumot o‘rnida: Rossiya Ukrainaga qarshi harbiy operasyai boshlagach, G‘arb unga nisbatan yangi sansiyalar joriy etdi. AQSH esa rus nef va gazi importini taqiqlab qo‘ydi. Shuningdek, Yevropaning qator davlatlari RF uglevodorodlaridan voz kechdi. Ammo YEI Moskva energetik tarmog‘iga qatʼiy sanksiyalar joriy etgani yo‘q.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevroittifoq bosqichma-bosqich Rossiya neft, gaz va ko‘miridan voz kechmoqchi ekanligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика