Rossiyaga qarshi sanksiyalar neft yetkazib berish bo‘yicha eng yirik inqirozga olib kelishi mumkin. bu haqda OPEC (The Organization of the Petroleum Exporting Countries –– neft eksportyor davlatlari tashkiloti) bosh kotibi Muhammad Barkindo maʼlum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, amaldagi va kelajakda joriy etiladigan sanksiyalar tufayli dunyo sutkasiga 7 million barrel neft va boshqa suyuq uglevodorodlar yo‘qotadi.
“Hozirgi talabni inobatga olib aytish mumkinki, yo‘qotilgan hajmdagi neftni qoplash mumkin emas”, – degan u Yevroittifoq rasmiylari bilan muzokaralarda.
YI rahbariyatining neftni qazib olishni ko‘paytirish to‘g‘risidaga chaqiriqlariga javoban Barkindo bu bozorni barqarorlashtirmasligini va beqarorlikka OPECgka bog‘liq bo‘lmagan faktorlar sabab bo‘lganini taʼkidlagandi.
Avvalroq Qatar Yevropa bozorini gaz bilan to‘ldira olmasligini maʼlum qilgandi.


