1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Rossiya O‘zbekistonga neft yetkazib berish hajmini oshirdi

Joriy yilda bu hajmni 500 ming tonnadan ortiqroqqa yetkazish rejalashtirilgan.

Rossiya O‘zbekistonga neft yetkazib berish hajmini oshirdi

Rossiya energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Pavel Sorokinning maʼlum qilishicha, Rossiya neftining Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga kirib kelishi 2024-yilning yanvar—avgust oylarida 2023-yilga nisbatan 30 foizga oshgan.

 

Pavel Sorokin Federatsiya Kengashi va Qozog‘iston Senati o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha komissiyaning 22-yig‘ilishda, joriy yilda O‘zbekistonga neft yetkazib berish hajmi sezilarli darajada oshganini taʼkidlagan.

 

Shuningdek, 2023 yilda Rossiyadan O‘zbekistonga yetkazib berilayotgan neft hajmi 154,3 ming tonnani tashkil etgan bo‘lsa, 2024 yil oxiriga kelib bu hajmni 500 ming tonnadan ortiqroqqa yetkazish rejalashtirilgan.

 

Buning natijasida yoqilg‘i narxlari tushishi yoki neft yetkazib berish hajmining oshirilishi yoqilg‘i narxlariga umuman taʼsir etmasligi haqida hozircha maʼlumotlar yo‘q.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика