1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiya raketa hujumlari Ukraina havo mudofaasini kuchaytirishni talab qilyapti

Kiyev G‘arbdan havo hujumiga qarshi mudofaa tizimini ko‘paytirishni so‘radi.

Rossiya raketa hujumlari Ukraina havo mudofaasini kuchaytirishni talab qilyapti

 

Ukraina G‘arbdan havo hujumiga qarshi tizimlarni ko‘proq yetkazib berishni so‘ramoqda. Bu Rossiya raketa hujumlari kuchaygani fonida yuz bermoqda

 

Xususan, Ukraina televideniyasidagi chiqishida mamlakat harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi rasmiy vakili Yuriy Ignat bu haqda gapirgan.

 

"Bizga havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari kerak. Biz ko‘p gapirgan Germaniyaning IRIS-T tizimlaridan ko‘proq zarur", — degan u.

 

Hozirgi vaqtda Berlin qo‘shimcha yana bir dona IRIS-T yetkazib bergani maʼlum qilingan. Ignatning so‘zlariga ko‘ra, bu tizimlari to‘liq ishlamoqda. Shu bilan birga rasmiy vakil Amerikaning NASAMS tizimlaridan ikki batareya berilayotganini, ammo bu yetarli emasligini taʼkidlagan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика