Rossiyaning Il-76 transport samolyoti Tojikistondagi Hisor aerodromida uchish chog‘ida yonib ketdi.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, samolyot dvigatellaridan birida yong‘in yuz bergan.
Uchoq ko‘tarila olmasdan uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgan va to‘liq yonib ketgan. Ekipajga zarar yetmagan.


