1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiya sanksiyalar azobini his qilishi kerak - Pelosi

Nensi Pelosi urush tugamaguncha sanksiyalar to’xtamasligini aytdi.

Rossiya sanksiyalar azobini his qilishi kerak - Pelosi

 

AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Rossiya boshlagan urush tugamaguncha Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi. Bu haqda u Berlinda G7 parlamentlari raislarining matbuot anjumanida ma’lum qildi

 

“Buning uchun muhim xavfsizlik yordami, insonparvarlik ko'magi, iqtisodiy yordam va sanksiyalar kerak, buning azobini Rossiya his qilishi darkor”, - dedi u.

 

Pelosi jangovar harakatlardan so‘ng Ukrainani qayta tiklash zarurligini ta’kidladi va buning uchun muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalanishni taklif qildi.

 

Avvalroq YeI 1 206 nafar rossiyalik va Rossiya Federatsiyasining 108 ta muassasasiga nisbatan sanksiyalarni uzaytirgani xabar qilingandi.

 

Eslatib o‘tamiz, Oliy Rada spikeri Ruslan Stefanchuk AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi bilan uchrashuv o‘tkazgan va unga Ukrainaning harbiy ehtiyojlari ro‘yxatini topshirgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика