1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiya Ukrainaga dronlar va raketalar bilan hujum qildi

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jarohat olganlar bor.

Rossiya Ukrainaga dronlar va raketalar bilan hujum qildi

Bugun, 22-oktyabr kuni kechasi Rossiya qo‘shinlari Kiyev, Zaporojye, Dnepropetrovsk va Odessa viloyatlariga raketalar va uchuvchisiz uchish apparatlari bilan zarbalar bergan. Bu haqida Ukraina Favqulodda vaziyatlar xizmati maʼlum qildi.

 

Kiyev shahri meri Vitaliy Klichkoning so‘zlariga ko‘ra, hujum oqibatida shaharda 2 kishi halok bo‘lgan, Yana kamida besh kishi, shu jumladan ikki yoshli bola jarohat olgan.

 

Kiyev viloyatining Brovar tumanida zarbalar oqibatida uch kishi halok bo‘lgan.

 

 

Zaporojda harbiy maʼmuriyati rahbari Ivan Fedorovning maʼlum qilishicha, viloyatda Rossiya hujumi oqibatida 13 kishi, shu jumladan ikki bola jarohat olgan.

 

Ukraina Energetika vazirligi energetika infratuzilmasiga berilgan keng ko‘lamli zarbalar sababli mamlakatning aksariyat hududlarida favqulodda elektr taʼminoti uzilishlari joriy etilganini maʼlum qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика