Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqot chog’ida Ukrainadagi vaziyatni hal qilish uchun o’z shartlarini ma’lum qildi.
Putin Ukrainaga quyidagi talablarni qo’ygan:
–– Rossiyaning anneksiya qilingan Qrim ustidan suverenitetini tan olish;
–– Ukraina davlatini demilitarizatsiya va denasifikatsiya qilish vazifalarini hal qilish;
–– Ukrainaning neytral maqomini ta’minlash.
Shuningdek, Putin suhbatda Moskva Kiyev vakillari bilan muzokaralar uchun ochiq ekanini va ular “istalgan natijalarga” olib kelishiga umid qilayotganini qayd etgan.
Makron esa Ukraina va Rossiya delegatsiyalari o‘rtasida muzokara boshlanganini aytib, Putindan joylarda quyidagilarga amal qilishni so‘ragan:
–– tinch aholi va turar-joylarga hujum va zarba berishni to‘xtatish;
–– barcha fuqarolik infratuzilmasini saqlab qolish;
–– asosiy yo‘llar, jumladan kiyev janubidagi yo‘llar xavfsizligini ta’minlash.
Rossiya Prezidenti Makronning so‘rovini qabul qilgan.