1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Rossiya va O‘zbekiston yadroviy obyektlarni ekspluatatsiya qilishda hamkorlik qiladi

Sochida atom sanoatining eng yirik “Atomekspo” XII Xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Rossiya va O‘zbekiston yadroviy obyektlarni ekspluatatsiya qilishda hamkorlik qiladi

 

21-noyabr kuni Sochida atom sanoatining eng yirik “Atomekspo” XII Xalqaro forumi o‘z ishini boshladi. Unda dunyoning 50 dan ortiq davlati – Rossiya, Belarus, Xitoy, O‘zbekiston, Vengriya, Turkiya, Hindiston, Braziliya, Boliviya, JAR va boshqa davlat vakillari ishtirok etmoqda.

 

Forumda ishtirokchilar dunyo atom energetikasining bugungi holati va yadro texnologiyalariga asoslangan innovatsiyalarni muhokama qilishmoqda.

 

Forum doirasida “Rosatom”ning “TVEL” yoqilg‘i kompaniyasi va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti o‘rtasida yadroviy obyektlarni ekspluatatsiya qilish va chiqindilarni boshqarish sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi.

 

Hujjatni “TVEL” yoqilg‘i kompaniyasi prezidenti Natalya Nikipelova va Yadro fizikasi instituti direktori Ilhom Sodiqov imzoladi.

 

Hamkorlikning asosiy ustuvor yo‘nalishi - radioaktiv chiqindilarni qazib olishni oldindan tashkil etgan holda, institut hududida joylashgan binolardan birini, shuningdek, past darajadagi chiqindilarni saqlash omborini foydalanishdan chiqarish loyihasini amalga oshirish.

 

“Toshkent Yadro fizikasi instituti kompleks muhandislik va radiatsiya tadqiqotlari, foydalanishdan chiqarish va radioaktiv chiqindilar bilan ishlash xavfsizligini tahlil qilish, baholash va asoslash bo‘yicha yuqori darajadagi vakolatlarga ega. MDH Tayanch tashkiloti ish rejalarini ishlab chiqishda institutning yadroviy taʼminot sohasida qo‘llanilayotgan vazifalari va mavjud imkoniyatlari inobatga olinishi to‘g‘risida kelishuvga erishildi”, deydi Natalya Nikipelova.

 

Maʼlumot uchun, Rosatomning yonilg‘i kompaniyasi TVEL yadro yoqilg‘isini ishlab chiqarish, uranni konvertatsiya qilish va boyitish, gaz sentrifugalarini ishlab chiqarish korxonalarini, shuningdek ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini o‘z ichiga oladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика