Rossiya va Xitoy chegarasida bo‘sh yuk mashinalari 10 kilometrli tirbandlik hosil qildi. Haydovchilar kuniga atigi 90-100 metr oldinga siljimoqda.
Holat Boyqolorti o‘tkazish punktida yuzaga kelgan.
"Gruzavtotrans" assotsiatsiyasining maʼlumot berishicha, muammolar pandemiyadan so‘ng boshlangan. Karantindan oldin mahalliy bojxona kuniga 150 Ta mashinani o‘tkazardi, hozir esa ko‘rsatkich kuniga 10 taga tushib ketgan.
Bunga bojxona xizmati sayti xakerlar hujumiga uchrab, elektron navbatdan qog‘oz shakldagi navbatga o‘tgani sabab bo‘ldi.
Haydovchilar bojxona punktida bir necha kundan bir necha haftagacha qolib ketishiga to‘g‘ri kelmoqda. Navbatni noqonuniy aylanib o‘tmoqchi bo‘lgan haydovchilar orasida bir necha marta mushtlashuv ham kelib chiqqan.


