Rossiya hukumati yangi sxema bo‘yicha to‘lovdan bosh tortgani uchun Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga gaz yetkazib berishni to‘xtatish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Rossiya Federasiyasi prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“To‘lov muddati yaqinlashar ekan, ayrim iste’molchilar yangi tizim bo‘yicha to‘lovni amalga oshirishdan bosh tortsa, Prezident qarori amalga oshiriladi”, —degan u.
Bugun “Gazprom” Bolgariya va Polshaga gaz yetkazib berishni rublda to‘lamaganligi sababli to‘liq to‘xtatganini ma’lum qildi.
Yevropa Ittifoqida “Gazprom”ning xatti-harakatlari shantaj deb atalgan va ularga javob berishni va’da qilgan.


