7 may kuni Rossiyada dronlar hujumi tufayli Moskva aeroportlari vaqtincha yopildi. “Aeroflot” 52 ta Moskva yo‘nalishidagi va 54 ta qaytish reysini bekor qildi.
Umumiy hisobda 140 dan ortiq reys kechikdi, ko‘plab samolyotlar boshqa aeroportlarga yo‘naltirildi. Uzbekistan Airways’ning Moskva yo‘nalishidagi 6 ta reysi ham zaxira yo‘nalishga yuborildi.
Hujum tafsilotlari hozircha ochiqlanmagan, xavfsizlik kuchlari tekshiruv olib bormoqda. Yo‘lovchilarga parvozlar oldidan aviakompaniyalari bilan bog‘lanish tavsiya etildi.


