Rossiyaning Krasnodar shahrida BMW avtoturargohning uchinchi qavatidan qulab tushdi. Bu haqida mahalliy nashrlar xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, haydovchi pedallarni almashtirib, tormoz o‘rniga gazni bosgan. Shu sabab mashina devor orqali tashqariga otilib chiqqan.
Avtomashina salonida er-xotin va ularning o‘g‘li bo‘lgan. Hodisa oqibatida ularning barchasi halok bo‘lgan.


