Rossiya Federal biotibbiyot agentligi koronavirusning barcha turlarini, shu jumladan "arktur" shtammini davolash uchun yangi dori ishlab chiqdi.
U “Mir 19” nomini oldi va may oyi oxiridan boshlab Rossiya dorixonalarida sotila boshlaydi. Yangi dorini retsept bo'yicha olish mumkin bo'ldi. "MIR 19" preparatini bemorni ambulator davolashda qo'llashga ruxsat berildi.
Avvalroq mutaxassislar "arktur"ni COVID—19'ning boshqa shtammlari orasida eng yuqumlisi deb tagan edi.


