Sankt-Peterburgdagi tibbiyot oliy ta’lim muassasasi yaqiniga o‘rnatilgan “Gʻamgin farishta” haykali pandemiya davrida halok bo‘lgan rossiyalik tibbiyot xodimlari xotirasiga uchun yaratilgan.
Bundan avval Malaya Sadovayada “Xotira devori” yodgorligi o‘rnatilgan. U yerda COVID-2019ga qarshi kurashda halok bo‘lgan shifokorlar suratlari joylashtirilgan edi. Hozirda demontaj qilinib, barcha hujjatlar siyosiy tarixiy muzeyga topshirilgan.
Maʼlum bo‘lishicha, Sankt-Peterburgda 24 mingga yaqin shahar aholisi pandemiya qurboni bo‘ldi, koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 700 mingga yaqinlashmoqda.
Bu esa Sankt-Peterburgn aholisining har yettinchi fuqarosi degani.
Jurnalist Galina Atyomenkoning fikricha, emlash sertifikatini turli mamlakatlar tomonidan o‘zaro tan olinishi muammoni hal qilishga yordam beradi: “Vaksina urushlarini unuting, siyosatdan yuqori ko‘taring, vaksinalarni o‘zaro tan oling. Agar boshqa davlatlar vaksinalari Rossiyada tan olinsa, men ishonamanki, emlanganlar ko‘proq bo‘ladi”.
Shu bilan birga, Rossiya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida koronavirusga qarshi emlash sertifikatlarini tan olish bo‘yicha muzokaralar jarayoni sekin bo‘lsada, davom etmoqda.
Moskva “Sputnik V” ishlab chiqaruvchi korxonalarni tekshirish uchun JSST ekspertlari kelishini kutmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yurtimizga "Sputnik V" vaksinasining 40 ming dozalik 1-komponenti olib kelingani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova tayyorladi


