Rossiya hukumati internet orqali mobil va statsionar telefonlarga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyatini bekor qildi. Ushbu xizmat turi aloqa litsenziyalari ro‘yxatidan chiqarib tashlandi.
So‘nggi yillarda ushbu xizmatlan telefon firibgarlari faol foydalanib kelayotgan edi. 2024 yilda 10 milliondan ortiq rossiyaliklar firibgarlik qurboni bo‘ldi. Ko‘pincha bu pensiya yoshidagi odamlardir. O‘g‘irlangan pullar miqdori 160 milliarddan oshgan.


