1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiyada ishchilar bo‘lgan avtobus jarlikka quladi

Halokatga yo‘lning sirpanchiqligi sabab bo‘lgan.

Rossiyada ishchilar bo‘lgan avtobus jarlikka quladi

 

Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasida Xabarovskdan Komsomolsk-na-Amurga smenali ishchilarni oltin-mis koniga olib ketayotgan avtobus halokatga uchradi. Sakkiz kishi halok bo‘ldi, yana 26 kishi yaralandi.

 

Jabrlanganlarning aksariyati og‘ir ahvolda. Ular vertolyotlarda Xabarovskka yetkazildi.

 

Qayd etilishicha, sirpanchiq yo‘lda haydovchi boshqaruvni yo‘qotib qo‘ygan va avtobus ariqqa qulagan.

 

Avtobus tegishli bo‘lgan kompaniya ofislari tintuv qilinmoqda. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика