Rossiyada mehnat migrantlarining farzandlari maktabga kirishdan oldin o‘quv dasturini o‘zlashtirish uchun yetarli darajada rus tilini o‘rganishlari talab qilinishi mumkin. Bu haqda Rossiya prezidenti kengashi raisi Valeriy Fadeyev maʼlum qildi, deya xabar berdi “RBK”.
Uning taʼkidlashicha, muhojilarning rus tilini bilmaydigan farznadlarini maktbalarga qabul qilinishini qonun bilan taqiqlash kerak.
“Aftidan, migrasiya tarixiga ega bo‘lgan bolalarning yarmi ham Rossiya fuqaroliigini olmaganlardir, bu bolalarning yarmi rus tilini yomon biladi yoki umuman bilmaydi. Shu sababli tilni bilmay fanlarni o‘zlashtira olmaydi. Biz bu qarorni qo‘llab-quvvatlaymiz”, — dedi Fadeyev.
Shuningdek, prezident kengashi raisining so‘zlariga ko‘ra, amaldagi qonunchilikka tegishli o‘zgarishlar kiritilishi mumkin. Shundagina bola maktabga qadar rus tilini o‘rganishga harakat qiladi.


