Rossiyada migrantning elektron guvohnomasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda “Gosznak” bosh direktori Arkadiy Trachuk maʼlum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, migrantlar uchun biometrik identifikatsiya tizimini joriy etish muhokama qilinmoqda.
Trachukning aniqlik kiritishicha, gap “Gosuslugi”ga yaqin tizim haqida bormoqda. Biroq yangi elektron guvohnoma qanday ishlashi xususidagi to‘liq maʼlumotni IIV migratsiya masalalari bo‘yicha Bosh boshqarmasi taqdim etadi.
Yangi loyiha xizmatlarni xorijlik fuqarolar uchun yana-da qulaylashtirishi kutilmoqda.
“Unda barcha maʼlumotlar jamlangan bo‘lardi: registratsiya, ish ruxsatnomasi, shaxsni tasdiqlovchi hujjat, tibbiyot sug‘urtasi”, — “Gosznak” bosh direktori.
Arkadiy Trachuk bu o‘z vaqtida joriy qilinayotgan juda yaxshi yangilik ekanini taʼkidladi, chunki xalqaro bozorda Markaziy Osiyo va boshqa mamlakatlardan bo‘lgan ishchilarga nisbatan raqobatbardosh bo‘lish kerak.


