1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Rossiyada O‘zbekistonga oid 200 dan ortiq madaniy meros aniqlandi

Eng katta fond meʼmoriy kulolchilik buyumlari.

Rossiyada O‘zbekistonga oid 200 dan ortiq madaniy meros aniqlandi

 

Rossiyadagi Stroganov universitetida O‘zbekiston madaniy-tarixiy merosining 200 dan ortiq ashyolari aniqlandi.

 

Butunjahon jamiyati ofisida Stroganov nomidagi Moskva davlat sanʼat va sanoat akademiyasining sanʼat tarixi va gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, professor Kirill Gavrilin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonga tegishli ashyolarni qidirish va aniqlash bir necha oy vaqtni talab qildi.

 

“O‘tgan yilning yozida Samarqandda bo‘lib o‘tgan VI Kongressda ishtirok etish taklifi uchun Butunjahon jamiyatiga chin dildan minnatdorchilik bildiraman. Nafaqat dunyoning yetakchi sharqshunos olimlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lganim, balki “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi tashkiloti tomonidan O‘zbekiston madaniy-tarixiy merosi obyektlarini izlash, aniqlash va nashr etish bo‘yicha chuqur va tizimli ishlar olib borgani uchun ham tashakkur izhor qilmoqchiman. Butunjahon jamiyati talabiga binoan va Stroganov nomidagi Rossiya davlat sanʼat va sanoat universiteti fondlarida o‘tkazilgan tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, bizda O‘zbekistonga taalluqli 200 dan ortiq madaniy meros mavjud. Eng katta fond esa O‘zbekiston meʼmoriy kulolchilik buyumlari bo‘lib, aftidan, XX asr boshlarida o‘zbek kulolchilik buyumlarini yig‘ishni boshlagan taniqli rassom, kulolchi, texnolog, restavrator Aleksey Filippov kolleksiyasidir. Kundaliklardagi yozuvlarga ko‘ra, u hali Nikolay II davridadoq o‘zbek kulolchilik buyumlarini yig‘ishni boshlagan. Bu kolleksiya yaqinda kashf etilgan bo‘lib, u nafaqat asr boshlaridagi amaliy sanʼat namunalari, balki talabalar ekspeditsiyalari tomonidan Moskvaga olib kelingan 60-70 yillardagi kulolchilik buyumlari bilan ham namoyish etilgan”, — deydi professor K.Gavrilin.

 

O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati tashabbusi bilan universitet mutaxassislari chuqur izlanishlar olib bordi va O‘zbekiston madaniy merosining chinakam noyob obyektlarini kashf etdi. Fondda metall, xalq kulolchilik buyumlari namunalari, Xorazm yog‘ochlari bor – bularning barchasi uzoq vaqt davomida o‘rganilmagan. Alohida buyumlar, shuningdek, sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlaridan, shu jumladan, O‘zbekistondan kelgan barcha dekorativ sanʼat ustalari tahsil olgan universitet filiali – Kalinin maktabida saqlanadi. Ayrim ashyolar 1964 yil Xorazm inqilobiy muzeyidan olingan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика