1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiyada xotiniga soxta hujjatlar tayyorlagan o‘zbekistonlik erkak 18 oyga qamaldi

Ayol O‘zbekistonga deportatsiya qilingan, erkak esa noqonuniy migratsiyani tashkil etishda aybdor deb topildi.

Rossiyada xotiniga soxta hujjatlar tayyorlagan  o‘zbekistonlik erkak 18 oyga qamaldi

Rossiyaning Komi Respublikasida yashovchi O‘zbekiston fuqarosi sud tomonidan noqonuniy migratsiyani tashkil etishda aybdor deb topildi. Bu haqda mahalliy manbalar xabar bermoqda.

 

Aniqlanishicha, erkak rafiqasiga Rossiyada qonuniy maqom berish maqsadida qalbaki mehnat ruxsatnomalari va boshqa soxta hujjatlar tayyorlagan. Mazkur hujjatlar immigratsiya organlariga taqdim etilgan, biroq ekspertiza ularning qalbakiligini tasdiqlagan.

 

Natijada ayol deportatsiya qilindi, erkak esa jinoiy javobgarlikka tortildi. Ish Rossiya Federal xavfsizlik xizmati hududiy boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqildi. Sud uni guruh bo‘lib jinoyat sodir etganlikda aybli deb topib, 18 oy muddatga tartibli koloniyaga hukm qildi.

 

Hukm hali qonuniy kuchga kirmagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика