Prezident maʼmuriyatiga yaqin manbaga ko‘ra, iyul-avgust oylarida YouTube‘ning ishlashi ayrim hududlarda yomonlashadi.
"Baʼzi hollarda saytning ishlashi sekinlashadi, boshqa holatlarda esa umuman ishlamasligi mumkin. Sentyabrda YouTube‘ni bloklash boshlanadi”, - deya manbaning so‘zlarini keltiradi “Gazeta.ru”.
12 iyul kuni “Roskomnadzor” Google kompaniyasi qurilmalaridagi texnik muammolar tufayli Rossiyada YouTube‘ning faoliyatida muammolar bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Biroq “Meduza” nashri telekommunikatsiya bozoridagi manbaga tayanib, Rossiya Federatsiyasida YouTube‘ning ishlashini ataylab sekinlashtirish boshlangani haqida xabar berdi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov, o‘z navbatida, jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida Rossiya hukumati YouTube‘ga kirishni cheklashni rejalashtirmayotganini va servis faoliyatida yuzaga kelgan qiyinchiliklarni uskunalardagi texnik muammolar bilan bog‘ladi.


