Rossiyaning Lipesk viloyatidagi 2-sonli axloq tuzatish koloniyasidan olti nafar mahkum qochib ketdi. Bu haqida viloyat gubernatori Igor Artamonov maʼlum qildi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, mintaqaning tezkor xizmatlari – Federal jazoni ijro etish xizmati, politsiya, Rossiya gvardiyasi va FSB ularni topishga harakat qilmoqda.
Rossiya OAVlarida koloniyadan qochgan mahbuslar O‘zbekiston fuqarolari ekani haqida maʼlumotlar paydo bo‘ldi.


