1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Rossiyadagi migrantlardan norasmiy kuryerlik xizmatlarida ishlamaslik so‘raldi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonlik migrantlarga ogohlantirish bilan chiqdi.

Rossiyadagi migrantlardan norasmiy kuryerlik xizmatlarida ishlamaslik so‘raldi

 

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonlik migrantlarga ogohlantirish bilan chiqdi.

 

Taʼkidlanishicha, so‘nggi vaqtlarda Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklar orasida internet orqali katta pul evaziga mahsulotlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib berish haqidagi eʼlonlar bo‘yicha muammolar yuzaga kelmoqda.

 

Qayd etilishicha, norasmiy kuryerlik xizmatlarida narkotik yoki taqiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni yetkazib berish taklif qilinmoqda. Buning oqibatida ular politsiya xodimlari tomonidan ushlanib, jinoiy javobgarlikka tortilmoqda.

 

“Shu munosabat bilan, yurtdoshlarimizdan norasmiy kuryerlik xizmatlarida ishlamaslikni, katta miqdordagi pul evaziga shubhali buyumlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib bermaslikni yoki mahsulotni albatta tekshirishni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

 

Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, narkotik moddalarni sotish yoki yetkazib berish uchun uzoq muddatli qamoq jazosi belgilangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика