Rossiya Federatsiyasining Vladimir viloyatidagi harbiy qismda omborga o‘q-dorilarni tushirish vaqtida snaryad portlashi oqibatida 4 kishi halok bo'ldi.
Qurbonlarning uch nafari harbiy va biri oddiy fuqaro. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Portlashdan keyin omborda yong‘in kelib chiqqan. Rossiya harbiylari yaqin atrofdagi aholi punktlariga hech qanday tahdid yo‘qligini ta’kidlamoqda.


