Rossiya ko‘p tarmoqli biznes-missiyasi O‘zbekistonga keladi. Bu haqda “Sputnik Uzbekistan” xabar berdi.
Tadbir Moskva eksport markazi tomonidan tashkillashtirilmoqda. U 29-30 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.
Biznes-missiya tarkibida Moskvadagi tibbiyot, qurilish, IT va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaradigan 15 kompaniya o‘rin olgan.
Rossiya ishbilarmon doiralari o‘zbekistonlik hamkorlar bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Avvalroq Toshkentda O‘zbekiston–Belarus biznes Kengashining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi to‘g‘risida xabar berilgandi.


