1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Rossiyaga ishlash uchun ketayotgan migrantlar soni oshganmi?

Qator OAVlarda aylanayotgan savol yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ma'lumot berdi.

Rossiyaga ishlash uchun ketayotgan migrantlar soni oshganmi?

 

So‘nggi kunlarda qator ommaviy axborot vositalarida Rossiya Federatsiyasiga ishlash maqsadida ketayotgan mehnat migrantlari soni oxirgi 7 yilda 4 barobarga oshgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

 

Taʼkidlash joiz, mehnat migratsiyasi, ayniqsa Rossiya Federatsiyasiga ishlash maqsadida boruvchilar oqimi ish mavsumiga ko‘ra tez o‘zgaruvchan hisoblanadi.

 

O‘zbekistonlik mehnat migrantlarining asosiy qismi Rossiya Federatsiyasi hissasiga to‘g‘ri kelsada, ammo xabarlarda taʼkidlanayotgandek so‘nggi 7 yilda ushbu davlatga ketayotgan yurtdoshlarimiz soni 4 barobar oshmagan.

 

Agar raqamlarga murojaat qilinsa, Rossiya Federatsiyasida vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan o‘zbekistonlik migrantlar soni 2016-yilda taxminan 2 million nafar bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda bu 1,5 million nafarga yaqinni tashkil etadi.

 

Shu bilan birga, so‘nggi yillarda mehnat migratsiyasi geografiyasini kengaytirish, xususan, xorijda ishlash istagidagi fuqarolarni dunyoning rivojlangan davlatlariga manzilli ishlarga jalb qilish bo‘yicha qator natijalarga erishilganini qayd etish joiz.

 

Jumladan, Janubiy Koreya, Yaponiya, Turkiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va Yevropaning boshqa mamlakatlarida qurilish, ishlab chiqarish, tibbiyot va xizmat ko‘rsatish sohalarining turli yo‘nalishlarida ishchilarga talab yuqori va bugungi kunda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va 33 ta davlatning 500 ga yaqin ish beruvchi tashkilotlari o‘rtasida kelishuvlar mavjud.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика